Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quv-trening yakunlandi

22 Sentyabr 2023, 02:09

755

IIV Akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi o‘quv-trening yakunlandi.

Tajribali mutaxassislar tomonidan hududiy ichki ishlar organlarining tergov xizmati xodimlari hamda Akademiya ixtisoslik va yuridik kafedralari professor-o‘qituvchilariga o‘g‘rilik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, ushbu jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni fosh etish va tergov qilish metodlari, shuningdek Turkiya tajribasining muhim jihatlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

– Mamlakatimizda jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Albatta, mazkur islohotlar samarasi kadrlar tayyorlash jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Mashg‘ulotlar davomida sohaga oid xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asnosida ko‘nikmalarimizni boyitdik, – deydi IIV Akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Barno Yesimbetova.  

O‘quv-trening yakunida o‘tilgan mavzular bo‘yicha fikr-mulohalar almashilib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

IIV Akademiyasi axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech