Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quv kurslari davom etmoqda

20 Iyun 2023, 03:06

970

Andijon viloyatida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuidagi o‘quv kurslari boshlandi.

Ikki kunlik mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyatidagi akademik litseyi o‘quv bazasida tashkil etilmoqda. Dasturga binoan, malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, asosiy tamoyillar”, “Ushlab turish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari”, “Kamsitmaslik, aybsizlik prezumpsiyasi, qamoqqa olish, xabar berishga oid xalqaro standartlar va O‘zbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy tizimida mazkur standartlarning qo‘llanilishi” va boshqa dolzarb mavzularda interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aytish joizki, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya ijrosini ta’minlash, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan o‘quv kursi ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech