Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi IIV O‘quv-dala markazida yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ulari va jangovar-jismoniy tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.
Harbiy tayyorgarlik kafedrasi tomonidan tashkil qilingan musobaqada Akademiya kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursidan tarkib topgan 7 ta otryad g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Bellashuv “Tezkor mo‘ljal olish”, “Jang maydonidan yaradorni olib chiqish va o‘q-dori qutilarini manzilga yetkazish”, “Kalashnikov” qurolini qismlarga ajratish va yig‘ish” shartlaridan iborat bo‘ldi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, ikkinchi, to‘rtinchi va oltinchi otryad jamoalari eng yaxshi natijalarni qayd etishdi.
* * *
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbati “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” konseptual g‘oyasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda siyosiy fanlar doktori Mansur Musayev, falsafa fanlari doktori, professor, polkovnik Sirochjon Berdiqulov, mayor Farhod Toshtemirov so‘z olib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor maqsad va vazifalari, ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, bu borada davlatimiz rahbarining PQ-5050-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining mazmun-mohiyati xususida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati