Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Oqibati nadomat illat

13 Aprel 2023, 04:04

993

IIV Akademiyasida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat – ma’naviy qurolimiz bo‘lishi kerak” mavzuyida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftalagi” doirasida tashkil etilgan tadbirda vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi vakillari, yoshlar masalalariga mas’ul xodimlar va kursantlar ishtirok etdi.

Korrupsiya zamonaviy taraqqiyotning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu illatning xavfli tomoni shundaki, u zamon va makon, kasb yoki shaxs tanlamaydi. Hammani birdek o‘z domiga tortaveradi. Faqat sog‘lom fikr va dunyoqarashga ega, ma’naviy salohiyati yetuk insongina korrupsiya balosidan o‘zini saqlay oladi.

Yangilanayotgan jamiyatimizda korrupsiya va u bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki bu illat taraqqiyotning, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning kushandasidir.  

 Tadbirda so‘z olganlar ichki ishlar organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiyaga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, ularga barham berish omillari, yosh avlod ongu shuurida ushbu illatga qarshi salbiy munosabatni shakllantirish va ularning kasbiy madaniyatini yuksaltirish masalalari xususida so‘z bordi. Ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishni maqsad qilgan kursantlar hozirdanoq korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashishni ustuvor maqsadga aylantirishlari lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tayyorlangan “Nafsning so‘nggi manzili” filmi namoyish etildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech