Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Onlayn seminar-trening

06 Oktyabr 2023, 09:10

819

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish bo‘yicha ko‘mak dasturi (BOMKA) tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham qatnashdi. 

Mamlakatimiz bilan qatorda, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Latviya Respublikalarining asosiy hamkorlar sifatida belgilangan davlat organlari va tuzilmalari vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi ixtisoslashgan ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etgan mashg‘ulotda chegara orqali yuzaga keladigan xavflarni tahlil qilish yuzasidan tajriba almashildi.

Mutaxassislar tomonidan Qirg‘iziston tajribasi misolida davlat chegaralarini kompleks boshqarish tizimini yaratish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish, xavflarni tahlil qilish, tahdidlarga qarshi kurashishda tegishli organlarning vakolatlari hamda o‘zaro hamkorligi, idoralararo hamkorlik modellarini baholash tartibi va asoslari, axborot-tahlil faoliyati usullari va funksiyalari, xavflarni tahlil qilish natijalari tahlil qilindi.

Mintaqa davlatlarida chegara nazoratini xalqaro tajriba va standartlarga moslashtirish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotda hamkor tuzilmalar vakillari ham o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech