Magistratura tinglovchilari uchun “Vaziyatni boshqarishning asosiy tamoyillari” mavzuida onlayn mashg‘ulot tashkil qilindi.
Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mashg‘ulotni yuridik fanlar doktori, professor L. Grishenko o‘tkazdi.
* * *
Rossiya Federatsiyasi IIV Ufa yuridik instituti tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulot “Ekspertizalar tayinlash va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzuiga bag‘ishlandi
“Tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etgan mashg‘ulotni Jinoyat protsessi kafedrasi boshlig‘i V. Latipov onlayn tarzda olib bordi.
* * *
Akademiyaning “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari uchun tashkil qilingan mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi.
Rossiya Federatsiyasi IIV Ufa yuridik instituti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi N. Kiselyov talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini fosh etish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish xususida ma’ruza qilib, savollarga batafsil javob berdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati