Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Onlayn firibgarlik qanchalik xatarli?

28 Sentyabr 2023, 09:09

812

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan vebinar mashg‘ulotda eng ommaviy onlayn firibgarliklar haqida ma’lumot berildi.

Unda IIV Akademiyasi ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari va kursantlari, axborot texnologiyalari sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

 Interpol xalqaro tashkiloti, “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi hamda IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari tomonidan ommaviylashib borayotgan firibgarliklar, xususan, to‘lovlarni onlayn amalga oshirish jarayonida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning zamonaviy turlari va ko‘rinishlari, O‘zbekistonda bank plastik kartalari bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ma’lumot berilib, mazkur jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashildi. 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech