Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ona tilimizga yuksak ehtirom

21 Oktyabr 2022, 05:10

990

21-oktyabr yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda davlat muassasalari mutasaddilari, olim va ziyolilar, adabiyot namoyandalari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Har bir millat o‘z tili bilan tirik. Inson kamolotida ham ona tilining ahamiyati juda beqiyosdir. Shu bois, til, millat, Vatan tushunchalari hamisha yonma-yon yuradi. Istiqlol ne’mati tufayli o‘zbek tilining mavqeyi va qadri yuksaldi. Ona tilimiz milliy g‘urur va iftixor ramziga, boy ma’naviy merosimizning gultojiga aylandi.

Tadbirda o‘zbek tilining betakror jozibasi yuksaklarga ko‘tarildi. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy timsolida ona tilimizga ehtirom ko‘rsatildi. Keng jamoatchilik vakillari shoir haykali poyini anvoyi gullarga burkadilar.

Bayram shukuhi Adiblar xiyobonida qad rostlagan millatimiz fidoyilarining haykallari poyida davom etdi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari Abdulhamid Cho‘lpon siymosini xotirlab, adibning ona tilimizni asrab-avaylash, yurtni sevish kabi g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan ijod namunalaridan yod aytishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech