Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ona tilimiz ulug‘landi

19 Oktyabr 2022, 10:10

961

Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizda bunyod etilgan “Kitobxon oila” monumenti poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Qo‘chqor Norqobil va Zikrilla Ne’mat so‘z olib, ona tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirishga qaratilgan ulug‘vor ishlarni e’tirof etib o‘tishdi.

– Til bor ekan, millat yashaydi, mamlakat taraqqiy etadi, – dedi shoir Qo‘chqor Norqobil. – Ona tilimiz milliy mustaqilligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz sifatida bizni buyuk marralar sari chorlab kelmoqda. Shu ma’noda, o‘zbek tilini asrab-avaylash ma’naviy burchimizga aylanmog‘i kerak. Yoshlarning kitob o‘qishi, adabiyotni o‘rganishi uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar zamirida ham o‘zbek tiliga ehtirom ko‘rsatishdek ezgu maqsad mujassam.

Tadbirda o‘zbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari va sof jozibasini keng targ‘ib etish, yoshlarni ona Vatanga sadoqat va hurmat ruhida kamol toptirishda boy ma’naviy qadriyatlarimizdan unumli foydalanish lozimligi ta’kidlandi. Kursant yoshlar yurtimizni madh etuvchi she’rlar aytib, barchani xushnud etdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech