Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ona tili taqdiri – millat taqdiri

12 Aprel 2025, 04:04

148

IIV akademiyasida “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tilining mavqei va nufuzini, davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan anjumanda bir qator yetakchi oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi D. Andaniyozova, Fan va texnologiyalar universiteti dotsenti T. Saydaliyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi dotsenti M. Badalboyeva, Jamoat xavfsizligi universiteti katta o‘qituvchisi E Erkayev, IIV akademiyasi kafedra boshlig‘i o‘rinbosari A. Xolikov va boshqalarning chiqishlari tinglandi.

Milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirish borasidagi ishlar e’tirof etildi. Hozirgi globallashuv davrida til siyosatini takomillashtirish, ona tilimizning mavqeini yanada yuksaltirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Olimlar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etgan anjumanda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda tilshunos mutaxassislarning o‘rni, ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qitishning ilg‘or yondashuvlarini ommalashtirish, tajriba almashinuvini kengaytirish borasida fikr-mulohalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech