Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

G‘oliblik uchun kurash boshlandi

02 Dekabr 2021, 09:12

1488

Ichki ishlar vazirligi tomonidan yoshlar orasida sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 22-27-noyabr kunlari Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida sportning minifutbol turi bo‘yicha turnirning hududiy saralash bosqichi o‘tkazilgan edi.

Bugun Ichki ishlar vazirligi akademiyasida musobaqaning final bosqichiga start berildi. Unda Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Namangan akademik litseylari o‘quvchilaridan tarkib topgan oltita jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Tadbirning tantanali ochilish qismida Akademiya rahbariyati, musobaqa tashkilotchilari, terma jamoalar murabbiylari va futbolchilar saf tortishdi. Orkestr ijrosida davlatimiz madhiyasi yangradi.

O‘quv muassasasi  boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Husniddin Davronov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining besh muhim tashabbusi asosida yosh avlodni ma’nan va jismonan barkamol etib tarbiyalash maqsadida o‘tkazilayotgan sport musobaqasi ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, turnir taqvimiga ko‘ra jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi. Yakunda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar bilan birga, eng yaxshi natijalarga erishgan futbolchilar taqdirlanadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech