Xalqaro oila kuni munosabati bilan IIV akademiyasida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Soha mutaxassislari, olimlar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari yig‘ilgan tadbirda oila qonunchiligini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya ochilishida oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etildi. Jamiyat barqarorligi, aholining turmush darajasi va farovonligi oilalarda hukm surayotgan sog‘lom ma’naviy muhitga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.
Ilmiy-amaliy anjumanda oila institutining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislarning “Oilaviy munosabatlarda vorislik huquqi”, “Oila a’zolarining shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish muammolari”, “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari” va boshqa mavzudagi ma’ruzalari, muhim taklif va tavsiyalari tinglandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati