IIV akademiyasida ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy qiyofasida nutq odobining o‘rniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, inspektor-psixologlar ishtirok etgan tadbirda “Notiqlik san’ati akademiyasi” ta’lim muassasasi direktori, filolog olim Rahimboy Jumaniyozov o‘z mulohazalarini ulashdi.
Mahoratli notiq so‘zlash va tinglash odobi, muloqot madaniyatini rivojlantirish omillari, bunda kitob mutolaasining o‘rni, ichki ishlar organlari xodimlari ma’naviy qiyofasining asosiy belgilari, nutq madaniyatini shakllantirishda e’tibor qaratiladigan muhim jihatlarga batafsil to‘xtaldi.
Muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati