Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Nazariy bilimlar amaliy jihatdan mustahkamlandi

29 Dekabr 2022, 07:12

825

19–31-dekabr kunlari IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim bakalavriatining 1 va 2-o‘quv bosqich kursantlari bilan “Final” kichik kompleks o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulot kursantlarning nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar yordamida mustahkamlash, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni fosh etish va tergov harakatlarini o‘tkazishda maqbul tezkor hamda protsessual qarorlarni qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, kelgusidagi xizmat faoliyatiga qisqa muddatda moslashishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Bunda kursantlar alohida turdagi jinoyatlarni ochish, tergov qilish va kelgusida ularning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tezkor, profilaktik hamda protsessual harakatlarni mustaqil ravishda bajardilar. Mashg‘ulotlar ixtisoslashtirilgan kafedralar professor-o‘qituvchilari bilan birga, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmat rahbarlari va boy tajribaga ega xodimlari, sud, prokuratura, advokatura tizimi vakillari, shuningdek o‘quv dargohida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari tomonidan baholab borildi.

Muhimi, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan bu kabi yondashuvlar kadrlar tayyorlash sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech