Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Navoiy va zamon

07 Fevral 2023, 08:02

1176

IIV Akademiyasida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning bebaho merosiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Adabiyotshunos olim va tadqiqotchilar, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari, idoraviy akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda benazir shoirning hayoti va ijodi, turkiy va jahon xalqlari tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z bordi.

Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, professor Yо. Odilov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, I. Ostonaqulov so‘z olib, Navoiy bobomiz ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, ayniqsa yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib qilish har qachongidan muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab o‘tishdi. Milliy ma’naviyatimiz xazinasidan joy olgan durdona asarlar yurtga muhabbat va sadoqat, tinchlik va bag‘rikenglik, do‘stlik va bunyodkorlik g‘oyalarini tarannum etuvchi o‘lmas ijod namunalari ekanligi e’tirof qilindi.

Tadbirda Alisher Navoiy siymosiga ehtirom razmi sifatida mumtoz g‘azallar yangradi. Akademiya Badiiy havaskorlik to‘garagi a’zolari ijro etgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech