Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Muzey yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi

23 Noyabr 2026, 14:36

139

Poytaxtimizdagi Özbekiston harbiy san’ati tarixi davlat muzeyi diqqatga sazovor joylardan biri sanaladi. Bu yerdagi eksponatlar qadimgi davrlardan tortib Yangi Özbekiston davrigaça bölgan harbiy tarixni qamrab oladi.

Içki işlar vazirligi akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan işlaş fakultetida ta’lim olayotgan kursantlar uşbu muzeyda bölib, milliy armiyamiz tarixi va şakllaniş bosqiçlari haqida keng tasavvurga ega böldilar.

Tadbir davomida kursantlarga mamlakatimiz harbiy tarixi, turli davrlarda şakllangan davlatçilik an’analari, buyuk sarkardalarimiz hayoti, ularning harbiy mahorati va merosi, milliy armiyamizning şakllaniş bosqiçlari, mustaqillik yillari Özbekiston Qurolli Kuçlarida amalga oşirilgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Yangi muassasada joriy etilgan interaktiv texnologiyalar har bir ekspozisiyani miriqib tomoşa qiliş, muzey faoliyati bilan yaqinlan tanişiş imkonini berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech