Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Muvaffaqiyat bilim va izlanishda

20 Sentyabr 2024, 10:09

208

“Uch avlod uchrashuv”lari yoshlar uchun bilim va ko‘nikmalarni boyitishga xizmat qiluvchi tajriba maktabidir.

IIV akademiyasida bo‘lib o‘tgan galdagi tadbirda ichki ishlar organlari tizimidagi keksa va o‘rta avlod vakillari hamda kursantlar ishtirok etdi. Uchrashuv “Tashkiliy-shtab faoliyati” kafedrasi tashabbusi bilan IIV Tashkiliy departamenti, poytaxtimizning Shayxontohur va Sergeli tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari hamkorligida tashkil qilindi.

Motivatsion ruhda o‘tgan tadbirda so‘z olganlar bugungi islohotlar davrida dolzarb ahamiyat kasb etayotgan talablar, ichki ishlar organlari tashkiliy bo‘linmalarining faoliyat xususiyati, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashning muhim jihatlari haqida mulohaza yuritdi.

Har bir sohada bo‘lganidek, ichki ishlar tizimida ham yetuk malakali kadrlar samaradorlikni oshiruvchi asosiy mezon ekanligi, ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar o‘z ustida muntazam ishlab, kelgusida ona Vatanimizga yuksak sadoqat bilan xizmat qilishlari zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv samimiy muloqot tarzida davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech