Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mutaxassislarning mulohaza va takliflari tinglandi

09 Noyabr 2024, 06:11

374

IIV akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solish: muammo va yechimlar” mavzuiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.

Olimlar, amaliyot organlari xodimlari, turdosh oliy ta’lim muassasalari vakillari va kursantlar ishtirok etgan anjumanda mavzuning ilmiy-amaliy jihatlari qizg‘in muhokama qilindi. 

Yig‘ilganlar IIV Tezkor-qidiruv departamenti, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Bojxona instituti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi hamda IIV akademiyasi Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi vakillarining ma’ruzalarini tingladilar. Tezkor-qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solishda uchrayotgan mavjud muammolarning yechimlari, sohaga doir qonunchilik normalarini takomillashtirish zarurati, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda idoralararo hamkorlik masalalari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Konferensiya yakunida faoliyatning takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech