IIV akademiyasida MDHga a’zo davlatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.
Onlayn formatda o‘tgan tadbir ishtirokchilari pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish, tizimdagi ilg‘or tajribalar, muammolar va ularning yechimlari xususida fikr almashdilar.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston IIV akademiyalari, Ufa, Sibir yuridik institutlari va boshqa o‘quv muassasalari vakillari so‘zga chiqdi. “Pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimini takomillashtirish”, “Huquqshunoslik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida huquqiy fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Kasbiy ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning muammo va istiqbollari”, “Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘qituvchining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Sohaga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish, xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini kuchaytirish, muammolarning ilmiy-amaliy yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan takliflar bildirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati