Jamiyatimizda kechayotgan ulkan ma’naviy yangilanishlar davrida buyuk ajdodlarimiz merosiga, ayniqsa Alisher Navoiy asarlarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan adabiy-ma’rifiy tadbir shoirning barhayot siymosiga bag‘ishlandi. Unda taniqli ijodkorlar Abdulla Mengqobilov, Baxtiyor Haydarov, Begoyim Xolbekova va boshqalar so‘z oldi.
Alisher Navoiyning hayoti, ibratga arzigulik faoliyati, shoir adabiy merosining jahon xalqlari tamaddunida tutgan o‘rni, navoiyshunoslik yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlar, mutafakkir asarlarining yuksak badiiy qimmati e’tirof etildi. Milliy o‘zlikni anglash, yoshlar qalbiga yo‘l topish, ularni yurtga munosib avlod etib tarbiyalashda Navoiy asarlari ulkan ma’naviy ozuq ekanligi ta’kidlandi.
G‘azalxonlik va sahna chiqishlariga boy o‘tgan tadbir tarixda nom qoldirgan ajdodlarimiz faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti bilan davom etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati