Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, ommaviy sport turlarini yanada rivojlantirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish maqsadida musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar arqon tortish, to‘sinda tortilish, mini futbol va o‘q otish bo‘yicha g‘oliblik uchun kuch sinashadilar.
Kecha xodimlarning merganlik mahorati sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun to‘sindan tortilish bahslari bo‘lib o‘tdi. Jamoalarning ishtiroki Kadrlar bo‘limi, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik hamda Harbiy tayyorgarlik kafedralari xodimlaridan iborat hakamlar tomonidan baholab borildi.
Eslatib o‘tamiz, 21-sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan musobaqada tarkibiy tuzilmalar xodimlaridan tarkib topgan 7 ta jamoa qatnashmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati