Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Murojaatlar bilan ishlash: muammo va yechimlar

29 Aprel 2022, 11:04

1368

So‘nggi yillarda davlat organlarining xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga samarali mexanizmlar tatbiq etildi. Muhimi, tizimdagi islohotlar o‘zining amaliy natijalarini ko‘rsatdi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlariga oid kafolatlarni ta’minlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti hamda Milliy gvardiya hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar tahlil qilindi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar “Ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarga oid kafolatlarni ta’minlashning huquqiy asoslari”, “Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal qilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda ichki ishlar organalarining o‘zaro hamkorligi”, “Murojaatlar bilan ishlash – shaxs manfaatini taminlash kafolati” va boshqa mavzularda ma’ruza qilib, tizim faoliyatini takomillashtirishga oid tavsiyalarini bildirib o‘tdilar.

Ichki ishlar organlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda sifatli ijrosini ta’minlash, bu borada amaliyotdagi mexanizmlar va qonunchilikni takomillashtirish, ijrochilik intizomini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech