Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Murojaatnomaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi

24 Dekabr 2022, 07:12

939

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etgan tadbirda kafedra boshlig‘i, falsafa fanlari doktori, professor Shavkat Mamadaliyev so‘z olib, Murojaatnomada keltirilgan ustuvor maqsad hamda vazifalarga batafsil to‘xtaldi.   

Yangi O‘zbekiston milliy rivojlanishining yangi davriga qadam qo‘yayotgan, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi sharoitda Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaati g‘oyat muhim ahamiyat kasb etgani, uning mazmun-mohiyati, eng avvalo, jamiyatda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgani e’tirof qilindi.

Murojaatnomada keltirilgan ustuvor yo‘nalishlar, dolzarb vazifalar, g‘oya va tashabbuslarni hayotga izchil tatbiq etishda yurtimiz fuqarolari bir tanu, bir jon bo‘lib, Vatan ravnaqi yo‘lida yuksak sadoqat bilan xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech