Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Muqaddasdir, Vatan bayrog‘i!”

18 Noyabr 2021, 07:11

2063

Ulug‘vor shior ostidagi bayram tadbiri Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir avvalida IIV Akademiyasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Husniddin Davronov so‘z olib, milliy bayrog‘imizning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyati, yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yuksaltirishda milliy timsollarimizning beqiyos o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, ma’naviyat targ‘ibotchisi Feruza Muhiddinova, xalqaro sport arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Abdumalik Hakimovlar davlat ramzlariga hurmat va ehtirom farovon hayotimizning kafolati sifatida yurtdoshlarimizni buyuk maqsadlari sari undayotganini e’tirof etishdi.

– Bayrog‘imiz bilan har qancha faxrlansak ham oz, – deydi boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindori Abdumalik Hakimov. –  Turli musobaqalarda yurtimiz timsoli baland ko‘tarilib, davlat madhiyamiz yangraganda, qalbim to‘lqinlanib ketadi. Shu yurt, xalq farzandi ekanligimdan cheksiz g‘ururlanaman.    

Aytib o‘tilganidek, bayroq azal-azaldan ajdodlarimiz uchun or-nomus, jasorat va g‘alaba timsoli bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur saltanatida ham davlat tug‘i adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i jahonda hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. 

Tadbirda davlat ramzlarimiz ulug‘langan she’riy parchalar o‘qildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech