Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn mashg‘ulot iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish muammolari va ularning yechimlariga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulotda “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar, mutaxassislik kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Universitetning Ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, politsiya podpolkovnigi Aleksandr Studnev iqtisodiy jinoyatlar turlari, ularning oldini olish va fosh etishda amalga oshiriladigan tezkor-qidiruv tadbirlari, tizimga joriy qilinayotgan zamonaviy usullar haqida ma’lumot berdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati