Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Muammolar joyida o‘rganilmoqda

30 Yanvar 2025, 07:01

34

Shu kunlarda IIV akademiyasi ishchi guruhi poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlariga jalb qilingan.

Ta’lim muassasasi vakillari kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda bo‘lib, sodir etilgan jinoyatlarning sabab va sharoitlarini ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishmoqda.

Ishchi guruh rahbari, polkovnik Ismoil Himmatovning aytishicha, “qizil” toifaga kiritilgan 16 ta mahallada o‘rganishlar olib borildi. Jinoyatlarning asl omillari chuqur tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida kriminogen vaziyatni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Aytish joizki, Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Joylardagi o‘rganishlar jarayonida mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, jinoyat sodir etishning huquqiy-ijtimoiy oqibatlari, jamiyatda ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish omillari batafsil tushuntirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, hamjihatlikda olib borilayotgan ishlar natijasida kriminogen vaziyat bilan bog‘liq hech bir muammo chetda qolmayapti. Bu ham mahallalarda xavfsiz muhitni qaror toptirishga xizmat qiladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech