Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Muammolar hamjihatlikda hal bo‘lmoqda

18 Yanvar 2023, 12:01

771

Og‘ir damlarda yelkadosh bo‘lish, tashvishlarni hamjihatlikda yengish xalqimizga xos fazilat. Ayniqsa qishning sinovli kunlarida bu ezgu amal yana bir karra o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Shu kunlarda poytaxtimiz tumanlarida aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mirzo Ulug‘bek tumanida tashkil etilgan ishchi guruh tarkibiga Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari ham jalb qilingan.

Mahalla faollari bilan hamkorlikda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, xonadon egalariga uch mahal bepul issiq ovqat, zarur dori-darmon vositalari, isitish moslamalari yetkazib berilyapti. Aholi bilan muloqot chog‘ida ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, joylardagi mas’ullar bilan birgalikda fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, tuman elektr tarmoqlari, gaz ta’minoti va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga mas’ullar biriktirilib, aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar tezkorlik bilan hal etilmoqda. Xonadonlarni elektr va gaz bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning alohida nazoratga olingani mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Muhimi, xalqimizning mushkulini oson qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar to‘xtab qolgani yo‘q.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech