Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mini-futbol: turnir ajoyib ruhda o‘tdi

05 May 2023, 03:05

827

IIV Akademiyasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol turniri yakunlandi.

Musobaqada kafedra, bo‘lim va xizmatlar hamda boshqa tarkibiy tuzilmalarda xizmat qilayotgan xodimlardan tarkib topgan 7 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar qur’a natijalariga qarab olimpiya tizimida kuch sinashdi. 

Futbol ishqibozlari uch kun davomida shiddatli va murosasiz  uchrashuvlar guvohiga aylanishdi. Ayniqsa chorak, yarim final bahslari gollarga boy o‘tdi.

Turnirning kecha bo‘lib o‘tgan so‘nggi ikki bahsida g‘olib va uchinchi o‘rin egasi aniqlandi. Dastlab maydonga Harbiy tayyorgarlik kafedrasi vakillari va bo‘lim-xizmatlar xodimlari tushdi. Oxirgi soniyalargacha intriga saqlanib qolgan o‘yinda 4:3 hisobi qayd etildi. G‘alaba bo‘lim-xizmatlar futbolchilariga nasib etdi.

Nihoyat, muxlislar kutgan final bahsida yuridik kafedralar professor-o‘qituvchilari hamda tarkibiy tuzilmalar xodimlari maydon bo‘ylab saf tortishdi. Har ikki jamoa ushbu bosqichga qadar mag‘lubiyatga uchramagani bois, o‘yinning shiddatli o‘tishi taxmin qilingan edi.

Ammo bu fikrlar o‘zini oqlamadi. Dastlabki daqiqalardan tizginni o‘z qo‘liga olgan “kafedra”chilar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Final hushtagi yangraganda tablodagi hisob 7:3 ko‘rinishiga kelgandi!

Musobaqa tashkilotchilarining ta’kidlashicha, g‘olib va sovrindorlar Xotira va qadrlash kuni arafasida tantanali ravishda taqdirlanadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech