Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ming nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi

27 Oktyabr 2024, 04:10

184

IIV akademiyasi magistrlari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” shiori ostida tashkil qilingan uchrashuvlarda talaba yoshlar, professor-o‘qituvchilar, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari, psixologlar va tyutorlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, internet tarmog‘i orqali kirib kelayotgan xavf-xatarlar, diniy ekstremizm va radikalizm bilan bog‘liq tahdidlar haqida so‘z bordi.

Talabalarga diniy aqidaparastlikka berilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, qimor o‘yinlari va boshqa illatlarga ruju qo‘yish, huquqbuzarlik sodir etishning oqibatlari atroflicha tushuntirildi. Mafkuraviy xurujlar kuchayib borayotgan bugungi sharoitda aholining barcha qatlami, ayniqsa yoshlarimiz buzg‘unchi va zararli g‘oyalardan ogoh bo‘lishi, ma’naviy dunyoqarashi va huquqiy ongini yuksaltirib borishi, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Aytish joizki, ta’sirchan ruhda o‘tgan uchrashuvlar yoshlar taqdiriga daxldor dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qilish, ularni ezgu maqsadlar sari undash, globallashuv jarayonlarining salbiy jihatlaridan ogohlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik rejasi asosida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarini izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech