Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Milliy g‘urur va iftixor qo‘shiqi

09 Dekabr 2023, 08:12

808

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan IIV Akademiyasida “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Madhiya ona Vatanini sevgan, uning taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir inson uchun muqaddas va qadrlidir. Bundan o‘ttiz bir yil muqaddam, 1992-yilning 10-dekabrida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Vatanimiz bosh qo‘shig‘i yangraganda qalbimizda milliy g‘urur va iftixor, cheksiz muhabbat va sadoqat, ertangi kunga umid va ishonch, yaratuvchanlik hissi paydo bo‘ladi. Shu bois, har tongni madhiyamiz bilan qarshi olamiz, uni butun vujudimiz ila jo‘r bo‘lib kuylaymiz.

Sana munosabati bilan akademiya saf maydoniga yig‘ilganlar ham madhiyamizni baralla ijro etdilar. Xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatan qo‘shig‘ining ulug‘vor ahamiyati, hayotbaxsh qudrati e’tirof qilindi.

Akademiya ma’naviyat va ma’rifat markazida davom etgan tadbirda yuridik fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Feruza Muhiddinova so‘z oldi. Ta’kidlanganidek, davlatimiz madhiyasi barchamizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaydigan, o‘tmishimiz va kelajagimizga chuqur hurmatni shakllantiradigan vosita sanaladi. Uning asrlar osha mangu yashashi muqaddas timsollarimizga bo‘lgan yuksak munosabatimizga, ularni asrab-avaylash yo‘lidagi fidoyiligimizga bog‘liq. Bu ezgu harakatda hamjihat bo‘lib, mamlakatimiz taraqqiyoti va barqarorligiga munosib hissa qo‘shishimiz lozim.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan tadbirlar, bosh qo‘shig‘imizning ma’naviy hayotimizdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar aytildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech