Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Millatlararo totuvlik – barqarorlik garovi

16 Noyabr 2024, 06:11

200

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 206-sonli umumta’lim maktabida huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Maktab jamoasi ishtirok etgan tadbirda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari ma’ruza qildilar. Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tushunchalarining teran mohiyati, yurtimizda turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Hozirgi tahlikali zamonda din niqobi ostidagi buzg‘unchi g‘oyalarning keng tarqalayotgani, yoshlarimiz bunday yot mafkuralardan hamisha ogoh bo‘lishlari aytib o‘tildi.

Shu kuni Turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida akademiya ishchi guruhi vakillari, sektorlar rahbarlari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar hududlarda sodir etilgan jinoyatlarni muhokama qilib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning barvaqt oldini olish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech