Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Millat ziyolilarini eslab...

08 Oktyabr 2022, 06:10

723

 Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi poytaxtimizning tabarruk qadamjolaridan sanaladi. Maskan mustabid tuzum davrining dahshatli voqealari, minglab begunoh vatandoshlarimizning ayanchli qismati haqida hikoya qiladi.

 Xotira muzeyida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Akademiyadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Ma’rifatparvar bobolar yodi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda so‘z olganlar xalqimizning fidoyi farzandlari xotirasini tiklash, hayoti va faoliyatini o‘rganish, boy ma’naviy merosini keng tadqiq etish, tarixiy adolatni tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tishdi.

Kursantlar jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlar, muzey eksponatlari bilan tanishdilar. Tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kelajagimiz vorislarining ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech