Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, kursant yoshlar ishtirok etgan tadbirda shoirning insonni ulug‘lash, yaxshilik, odob-axloq va vatanparvarlikni targ‘ib etgan boy adabiy merosi e’tirof etildi.
– Buyuk bobomiz asarlari kishini ohanrabodek o‘ziga tortadi. Negaki, bu boqiy meros zamirida umumbashariy g‘oyalar mujassam. Navoiy ijodining yoshlar ma’naviy-axloqiy kamolotida ham beqiyos o‘rni bor. Bugungi tadbir yosh avlodni millatimiz ma’naviy xazinasidan ko‘proq bahramand etish, ular qalbida insoniy fazilatlarni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi Ma’muriy-tashkiliy faoliyat fakulteti boshlig‘i Sirojjon Berdiqulov.
Tadbir davomida kursantlar tomonidan sahna asarlari, mumtoz kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati