Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Abdulhamid Cho‘lpon – istibdod davri qurboni” mavzuida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, 1938-yilning 4–7-oktyabr kunlari o‘zbek milliy jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari “xalq dushmani” sifatida otib tashlanadi. Aynan 4-oktyabr kuni shunchalar ko‘p odam otiladiki, Abdulhamid Cho‘lponga kelganda, hatto, o‘qlar tugab qoladi. Oxir-oqibat, uning boshi bolta bilan chopib tashlanadi. Taraqqiyparvar shoir o‘shanda 40 yoshda edi...
Tadbirda istibdod davri qurbonlari, jumladan, Abdulhamid Cho‘lponning murakkab hayoti, milliy istiqlol harakati yo‘lidagi kurashlari va fojiali qismati haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirildi. Adib ijodiy merosining ahamiyati, ayniqsa zamonamiz yoshlari ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni haqida qimmatli fikrlar bildirildi. Akademiya iqtidorli kursantlarining “Cho‘lpon izdoshlari” to‘garagi faollari shoir g‘azallaridan parchalar yod aytib, teran g‘oyalarini talqin etib berdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati