Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Men ichki ishlar xodimi bo‘laman”

19 Yanvar 2024, 06:01

1328

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarga kuchli motivatsiya berish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ichki ishlar organlari uchun munosib kadrlar tayyorlash tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Tadbir avvalida IIVning Sirdaryo viloyatidagi akademik litseyidan kelgan o‘quvchilarga akademiya hayoti, ta’lim jarayonidagi yangilanishlar haqida  so‘zlab berildi.

Shundan so‘ng o‘quv dargohi bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Saf maydoni, o‘quv binolari, ma’naviyat va ma’rifat markazi, sport majmuasi, kursantlar oshxonasi, yotoq sharoitlari, axborot-resurs markazi va boshqa inshootlar bilan tanishuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘nggida o‘tkazilgan muloqotda litsey yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmatи

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech