Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mehr-saxovat – ulug‘ fazilat

03 Noyabr 2023, 03:11

1068

Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat, saxovatdan boshlanadi. Bunday qadriyatlar jamiyatda o‘zaro oqibat va hamjihatlikni mustahkamlaydi.

Inson qadri aziz bo‘lgan yurtimizda ehtiyojmand, yakka-yolg‘iz, yoshi ulug‘ insonlarga g‘amxo‘rlik qilish azaliy fazilat sifatida hamisha ulug‘lab kelingan. Bu kabi ezgu ishlar hech qachon to‘xtab qolmagan.

IIV Akademiyasi vakillari ham xayrli ishga qo‘l urib, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olishdi.

– Hayot sinovlari sabr-bardoshni sinar ekan, – deydi Gulchehra Madrimova. – Turmush o‘rtog‘imning vafotlaridan keyin tashvishlarni yengish oson bo‘lmadi. Shukrki, o‘z holimizga tashlab qo‘yishmadi. Oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, hamkasb do‘stlari, shogirdlari hamon oilamizdan xabar olib turishadi.

Xalqimizga xos saxovat tadbirlari bahonasida marhum xodimlarning oila a’zolariga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech