Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mehr-oqibatda hikmat ko‘p

13 Aprel 2023, 09:04

877

Insonni qadrlash, muhtojlarga ko‘mak berish, yoshi ulug‘larga mehr-muruvvat ko‘rsatish bebaho qadriyatlarimizdan.

IIV Akademiyasi rahbariyati tashabbusi bilan soha faxriylari va xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi. 

Saxovat tadbiri bahonasida marhumlarning umr yo‘li, yosh avlod uchun ibratga arzigulik xayrli amallari, insoniy fazilatlari xotirlandi. Yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir inson davlatimizning e’tibor va g‘amxo‘rligida ekanligi e’tirof etildi.

– Umrning chinakam mazmuni keksalik chog‘ingda bilanarkan, – deydi iste’fodagi podpolkovnik Gilman Ahmedov. – Ko‘p yillar ichki ishlar organlarida xizmat qildim. Bilim va tajribamni yoshlarga o‘rgatdim. Shogirdlar yo‘qlovi men qatori, rafiqamni ham xursand qildi. Dildan suhbat qurdik. Olijanob xalqimizning savobli amallarini aslo unutib bo‘lmaydi. 

Shu kuni xonadon egalariga oziq-ovqat mahsulotlari va zarur ro‘zg‘or anjomlari tuhfa qilindi. Ko‘ngil so‘rash barchaga quvonch va shukronalik bag‘ishladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech