Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Matonatli Muyassar yana shohsupada!

20 Iyun 2023, 01:06

879

16-17-iyun kunlari poytaxtimiz erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qildi.

Sport kurashlari assotsiatsiyasining yillik taqvim-rejasiga binoan o‘tkazilgan musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan olti yuz nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Bellashuvlar qiziqarli va yuqori saviyada o‘tdi. Mamlakat kubogining ayollar kurashi bahslarida ishtirok etgan kursantimiz Muyassar Kushmurotova uch maratoba gilamga chiqdi.

U dastlabki ikki uchrashuvni Navoiy viloyati vakillariga qarshi o‘tkazib, muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bosqichga kichik jarohati bilan yetib kelgan Muyassar kuchli iroda va matonati evaziga raqibini taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa kursantimiz O‘zbekiston kubogining 65 kg vazn tofasidagi ishtirokchilari orasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medal va diplom bilan taqdirlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech