Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Matonat sohiblari bilan uchrashuv

03 Noyabr 2022, 09:11

959

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Jahon chempionati sovrindorlari, ta’lim muassasasi xodimlari hamda kursant yoshlar ishtirok etdi.

Yurtimizda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan insonlar uchun yaratilayotgan zarur shart-sharoitlar sportchilarimizning xalqaro maydonlarda erishayotgan yuqori natijalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar milliy terma jamoamiz a’zolari ham ana shunday matonat sohiblaridan.

Uchrashuvda so‘z olgan futbolchilar imkoniyati cheklangan sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor, terma jamoa uchun yaratilgan munosib sharoitlar haqida gapirib o‘tishdi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar barcha saohalar singari, sportdagi ulkan g‘alabalarga mustahkam tayanch bo‘layotgani ta’kidlandi.

Qizg‘in muloqot chog‘ida terma jamoamiz vakillari Turkiya davlatida o‘tkazilgan Jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan irodali g‘alabalar, yorqin lahzalarga boy taassurotlar bilan o‘rtoqlashib, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.  

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech