Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mashg‘ulot sermazmun o‘tdi

06 Yanvar 2022, 08:01

1372

Zamonaviy ta’limni interfaol usullar yordamida tashkil etish yuqori samaradorlik beradi. Bu borada IIV Akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilgan.

Akademiyaning Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi tashabbusi bilan kunduzgi ta’lim 2-bosqich kursantlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotda “Ishni sudga qadar yuritishda protsessual majburlov choralarini qo‘llash tartibi va protsessual rasmiylashtirish” mavzusi yoritib berildi. Ma’ruza jarayonida protsessual majburlov choralarining ahamiyati va maqsadi, ularni qo‘llash tartibi, “Xabeas korpus” instituti, shuningdek sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi masalalari haqida batafsil fikr almashildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech