Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mashhur dzyudochilar bilan uchrashuv

30 Oktyabr 2023, 09:10

918

Butunjahon dzyudo kuni munosabati bilan IIV Akademiyasida o‘tkazilgan tadbirga nomdor sportchilar taklif qilindi.

Uchrashuv yoshlar o‘rtasida dzyudoni ommalashtirish, ushbu sport turi bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini kuchaytirish va o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda nufuzli musobaqalar sovrindori, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi, xalqaro toifadagi sport ustasi, mahoratli murabbiy Kamol Murodov so‘z olib, yoshlarga ushbu sport turining sir-asrorlari haqida gapirib berdi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, yurtimizda sportni rivojlantirish va aholi o‘rtasida ommalashtirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Buni, birgina, dzyudo sport turida ham ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, Prezidentimizning “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur qaror bilan dzyudo sport turini yettita yo‘nalish asosida rivojlantirish belgilandi. Quvonarlisi, bugungi kunda Akademiyada ham dzyudo to‘garagi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda va mahoratli yoshlar safi kengayib bormoqda.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda sportchilar erishgan yutuqlari, kelajakdagi maqsadlari, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilayotgan ulkan shart-sharoitlar xususda o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir qiziqarli savol-javoblar bilan davom etdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech