IIV Akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal jazoni ijro etish xizmati Huquq va boshqaruv akademiyasi hamkorligida navbatdagi master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Onlayn formatda o‘tgan mashg‘ulot “Har xil turdagi deviant xulq-atvorni shakllantirishning asosiy mexanizmlari” hamda “Penitensiar tizimdagi psixologik xizmatning hozirgi bosqichi va rivojlantirish istiqbollari” mavzulariga bag‘ishlandi.
Huquq va boshqaruv akademiyasining Jazoni ijro etish tizimida kasbiy faoliyat psixologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchilari Vladimir Orlov va Darya Paxomova mavzuning nazariy hamda amaliy jihatlarini Rossiya tajribasi misolida tushuntirib o‘tishdi.
Mashg‘ulotda Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi vakillari, shuningdek “jazoni ijro etish faoliyati” hamda “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” ixtisoslik yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati