Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mashg‘ulot qiziqarli muloqot tarzida o‘tdi

30 Mart 2023, 07:03

902

Tezkor kuzatuv va shaxsning aynanligini aniqlash – tezkor-qidiruv tadbirlari sirasiga kirib, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rossiya Federatsiyasi IIV Krasnodar universiteti bilan o‘tkazilgan onlayn mashg‘ulotlarning so‘nggi kunida ushbu mavzu yuzasidan muloqot qilindi.

Ichki ishlar organlarida tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik fanlar nomzodi, politsiya polkovnigi Aleksey Gorbunov tezkor kuzatuvni amalga oshirish usullari, tadbir davomida olingan ma’lumotlardan samarali foydalanish tartibi, shaxsning aynanligini aniqlashning ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

Jonli muloqotda kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech