IIV Akademiyasining Psixologik ta’minlash markazi tomonidan doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkib a’zolari bilan psixologik treninglar o‘tkazilyapti.
Qo‘riqlash otryadi xodimlari ishtirok etgan mashg‘ulot davomida xizmat va oilaviy sharoitdagi muhit o‘rganildi. Markaz xodimlari turli treninglar yordamida xodimlarning kasbiy layoqati, ruhiy va ma’naviy-axloqiy barqarorligini sinovdan o‘tkazib, zarur tavsiyalarni berdilar.
O‘tkazilgan treninglar xodimlarning psixologik bilimlarini yanada mustahkamlash barobarida, ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarning oldini olish, jamoadagi ijtimoiy va ma’naviy-ruhiy muhitni yaxshilashga xizmat qildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati