Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Markazda davra suhbati o‘tkazildi

18 Yanvar 2025, 01:01

72

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan qizlar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Dastlab markaz va uning hududiy bo‘limlari faoliyati haqida ma’lumot berildi. Muassasa rahbari Muqaddam Rasulova mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi.

– Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklar ko‘pincha oila sharoitida ro‘y beradi. Bu kabi illatlarga barham berish uchun manzilli profilaktik ishlarni kuchaytirish zarur. Biz, kursantlar bo‘lajak ichki ishlar xodimi sifatida jamiyatdagi bunday muammolarga alohida e’tibor qaratib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishimiz kerak, – deydi 3-bosqich kursanti Oysha Ro‘zimova.

Muloqot davomida xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlar, bunday holatlarning asosiy omillari, markaz tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Kursantlarga markaz faoliyati haqidagi videorolik qo‘yib berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech