Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Jadidlar – millat fidoyilari” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Taraqqiyparvar ajdodlarimizning ibratli hayoti va faoliyatini o‘rganish orqali yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda uchta jamoa qatnashdi.
Kursant yoshlar savol-javob, videorolik taqdimoti, sahna ko‘rinishi hamda bir asar sharhidan iborat shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Adabiyotshunos olimlar va professor-o‘qituvchilardan tarkib topgan hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning ishtiroki belgilangan mezonlar asosida baholab borildi.
Bahs-munozaralar va ijodiy chiqishlarga boy o‘tgan bellashuv yakunida kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursining “Uyg‘onish” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Endi kursantlarimiz ko‘rik-tanlovning turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan keyingi bosqichida ishtirok etadilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati