Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ma’rifat ulashuvchi maskanlar

08 Avgust 2025, 07:08

34

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni o‘z nomi bilan ma’rifat maskani. Xiyobonga borgan har bir inson qalbida kitobga, adabiyotga mehr uyg‘onadi.

IIV akademiyasida malaka oshirayotgan psixolog-inspektorlar uchun ushbu maskanga “ma’naviyat marshruti” tashkil qilindi.

Tadbir chog‘ida milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shoir va yozuvchilar, ularning ibratli hayoti, boy ilmiy-abadiy merosi, adiblarimiz ijodiyotini targ‘ib qilish va kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar so‘zlab berildi.

Xiyobondan joy olgan siymolar orasida ma’rifatparvar adib Abdulhamid Cho‘lponning ham haykali bor. Butun umr xalq g‘amida yashab o‘tgan allomaning hayot yo‘li, millatimizni ilm-ma’rifatli qilish, mustabid tuzum zulmidan ozod etishga qaratilgan sa’y-harakatlari bugungi avlodlar uchun vatanparvarlik namunasidir.

Tadbir davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan taraqqiyparvar shoir xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar e’tirof etildi. IIV akademiyasi tomonidan adib haykali poyida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar, adabiyot kechalari yoshlarning ma’naviy kamolotiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

“Ma’naviyat marshruti” doirasida inspektor-psixologlar Yangi O‘zbekiston bog‘ida ham bo‘ldilar. Mamlakatimizning yorqin timsoli sifatida qutlug‘ qadamjoga aylangan majmua bilan tanishuv barchada ulkan taassurot qoldirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech