Bugun Xalqaro muzeylar kuni. Ushbu sana Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari tomonidan ulkan ma’naviy-ma’rifiy tadbir sifatida qarshi olindi.
Bir guruh yoshlar poytaxtimizdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeylarida bo‘ldilar. Ma’lumki, har ikkala maskan ham xalqimiz ma’naviy hayotida ulkan ahamiyat kasb etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodga shonli tariximiz, buyuk ajdodlarimiz, milliy o‘zligimiz va istiqloldek bebaho ne’matning qadr-qimmatini anglatadi.
Noyob eksponatlarga boy muzeylarga sayohat davomida kursantlar ona Vatanimizga yuksak daxldorlik hissi bilan xizmat qilish nechog‘lik sharafli burch ekanligini dildan his qildilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati