Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mardlar maydonda sinaldi

06 Yanvar 2022, 09:01

1697

Yurtimizda Qurolli Kuchlar tashkil topganining o‘ttiz yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

IIV Akademiyasining Harbiy tayyorgarlik kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bellashuvda kunduzgi ta’lim kursantlari to‘rt shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Hakamlar hay’ati a’zolari to‘pponchadan o‘q otish, qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, fuqaro muhofazasi hamda harbiy topografiya fanlari bo‘yicha kursantlar tomonidan bajarilgan amaliy topshiriqlarni baholab bordilar. Bahslar yakuniga ko‘ra faxrli o‘rinlarni 301-guruh kursanti A.Tursunboyev, 124-guruh kursanti S.Shakirova hamda 117-guruh kursanti R.Jamoliddinovlar egalladi.

Bellashuv doirasida kafedra qoshidagi “Vatan himoyachisi” ilmiy to‘garagi a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda iste’fodagi polkovnik T.Soatov, Harbiy tayyorgarlik kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik I.Mahmudov va boshqalar so‘zga chiqib, Qurolli Kuchlar tizimidagi keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi.

– Yoshlarimizni har tomonlama barkamol voyaga yetkazish, ular qalbida ona Vatanimizga mehr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash dolzarb vazifa sanaladi. Bu borada ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samaralari ko‘rsatmoqda. Binobarin, ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ulari yuksak darajada shakllangan yoshlar yurtimizning mustahkam qalqoniga aylanadi, – dedi polkovnik Ibrohimjon Mahmudov.

IIV Akademiyasi kursantlari bilan olib borilayotgan jangovar-jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari haqidagi videorolik mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech