Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Marafon yoshlar bayramiga aylandi

29 Iyun 2024, 07:06

237

Bugun yurtimiz bo‘ylab “BYD Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir doirasida poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Vatan Qalqoni” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy va harbiylashtirilgan oliy o‘quv muassasalaridan kursant hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Bir yarim mingga yaqin yoshlarni birlashtirgan musobaqada Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Jumladan, Akmal Salayev o‘g‘il bolalar o‘rtasida, Iroda Bekmirzayeva esa qizlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sovrindonlar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech